Joriy yilning 26-iyun sanasida ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslarning yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi yuzasidan videomurojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan “Samarqandyo‘lovchitrans” DK hamda “Marokand trans 777” MChJ tomonidan haydovchilar o‘rtasida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Unda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish yuzasidan barcha haydovchilar ogohlantirildi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun “Samarqandyo‘lovchitrans” DKga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi 30 938 АСА bo‘lgan transport vositasi haydovchisi J.S. hamda “Marokand trans 777” MChJ tegishli davlat raqami belgisi 30 896 LBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi O‘.
M.ga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Korxona rahbariyati yo‘nalishga biriktirilgan transport vositalari ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishi lozim ekanligi yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi tomonidan ogohlantirildi.
Shuningdek, “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar alohida nazoratga olindi.