1-sonli tramvay harakati to‘xtatildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.01.2025 36 Yangiliklar

Samarqand shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasi tutashmasiga qadar ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2025-yil 6-yanvar kunidan ishlar yakuniga qadar 1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati to‘xtatiladi.

Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishlardagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.