Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
Ochiq tender 2026-yil 10-may kuni kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 9-may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Shahar atrofi yo‘nalishi
▸ 439 — Qorasuv massivi - Grand Sulton restorani (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 265 — Urgut yuqori masjid - Urgut temiryo‘l vokzali (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 266 — Bunyodkor mahallasi - Urgut temiryo‘l vokzali (Ikkala tomondan) (M1)