18 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

Chop etish Sahifani ulashish
18.12.2025 15 Yangiliklar

Hurmatli tadbirkorlar!

 

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

 

Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

 

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2026-yil 17-yanvar kuni o‘tkaziladi.

 

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2026-yil 16-yanvar kuni soat 14.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

 

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

YO‘NALISHLAR

1-mavsumiy

Oqsoy qishlog‘i-“Hazrati Dovud” ziyoratgohi

Yo‘nalishli taksi

YT 212

Obod maskan mahallasi-Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 237

Madaniy yurish mahallasi-Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 303

Bulung‘ur ABB-Qorakamar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

YT 323

Juma ABB-Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

YT 330

Chorbog‘ mahallasi-Juma ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 335

Beshbola mahallasi-Samarqand mahallasi

Yo‘nalishli taksi

YT 390

G‘ubdin qishlog‘i-Bulung‘ur ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 407

Loyish shaharchasi-Yangiravot-1 mahallasi

Yo‘nalishli taksi

YT 408

Loyish shaharchasi-Yangiqishloq mahallasi

Yo‘nalishli taksi

YT 409

Loyish shaharchasi-Muyonqol mahallasi

Yo‘nalishli taksi

YT 422

Sariqul mahallasi (16-maktab)-Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 436

Payshanba ABB-Yangiobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

YT 439

Qorasuv massivi-“Grand Sulton” restorani

Yo‘nalishli taksi

YT 440

Qorasuv massivi-Ehtiyot qismlar bozori

Yo‘nalishli taksi

YT 457

Arabxona qishlog‘i-Ishtixon ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 458

“Hazarbobo” mahallasi-Ishtixon ABB

Yo‘nalishli taksi

YT 539

Sariqul mahallasi (17-maktab)-“Xo‘ja Ahrori Vali” ziyorotgohi

Yo‘nalishli taksi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).