0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Hurmatli yurtdoshlar! Muhtaram Samarqandliklar!
Ertaga, 2-avgust kuni soat 19.00da Samarqand shahar, Cho‘pon ota massivida barpo etilgan avtovokzalning tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Avtovokzalning ochilishi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, yurtimizda taniqli bo‘lgan san’atkorlar - Gulsanam Mamazoitova, Ulug‘bek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova ishtirokida konsert dasturi rejalashtirilgan.
Barchani taklif etamiz. Kirish bepul.
Avtostansiyaga M3-sonli “Do‘stlik mahallasi-Cho‘pon ota avtovokzali”, 17-sonli “So‘lim shaharchasi-Cho‘pon ota avtovokzali”, 256-sonli “Shirin mahallasi-Samarqand xalqaro aeroporti” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari orqali yetib olish mumkin.