2-sonli yio'nalishda tramvay harakati to‘xtatildi

Chop etish Sahifani ulashish
28.07.2025 40 Yangiliklar

Tramvay harakati to‘xtatildi

Samarqand shahar Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel qurish ishlari olib borilayotganligi sababli Rudakiy ko‘chasining qurilish ishlari olib borilayotgan qismida transport vositalarining harakatini bosqichma-bosqich cheklash yuzasidan Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.
Rudakiy ko‘chasida yo‘l qurilishi ishlari olib borilishi sababli 2025-yil 27-iyul kunidan boshlab ishlar yakuniga qadar 2-sonli “Temiryo‘l vokzali-Siyob bozori” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati to‘xtatildi.

Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishlardagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.