0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Hurmatli tadbirkorlar!
Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.
Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.
Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2026-yil 16-yanvar kuni o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2026-yil 15-yanvar kuni soat 14.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.
Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.
|
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
|
SHAHAR ATROFI AVTOBUS YO‘NALISHLARI |
||
|
YT 213 |
Hazora ABB-Pichoqchi qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 246 |
Ziyovuddin shaharchasi-Qizilnishon qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT275 |
Ziyovuddin shaharchasi-Qurguli mahallasi |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 294 |
Bulung‘ur ABB-Yangiobod qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 305 |
Juma ABB-Beklar qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 308 |
Hazora ABB-Juma temiryo‘l bekati |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 350 |
Juma ABB-Ravot qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 359 |
Juma ABB-Temiryo‘l qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 365 |
Matonat mahallasi-Kamolot mahallasi |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 371 |
Juma ABB-Markaziy shifoxona |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 373 |
Juma ABB-Chandir qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 387 |
Nurobod ABB-Juma ABB |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 388 |
Loyish shaharchasi-Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 401 |
Urgut ABB-Mo‘minobod qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 412 |
Loyish shaharchasi-Bobur j/x |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 418 |
Nurobod ABB-Jom qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 442 |
Ipak yo‘li bozori-YHXB REO maskani |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 451 |
Oqtepa mahallasi-“Sultonobod” mahallasi |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 470 |
Hazora ABB-Charxin qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 472 |
Vatak qishlog‘i-Jayratepa qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 481 |
Masjidi qo‘ng‘iroqdor mahallasi-Oqsoy qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 484 |
Bulung‘ur ABB-Paxtaboshi qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 487 |
Juma ABB-Qumariq qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 489 |
Juma ABB-Bog‘onali qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
|
YT 497 |
So‘lim shaharchasi-Hazora ABB |
Yo‘nalishli taksi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.
Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
