34 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

Chop etish Sahifani ulashish
29.09.2025 44 Yangiliklar

Shahar atrofi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

 

Hurmatli tadbirkorlar!

 

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

 

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2025-yil 30-oktabr kuni o‘tkaziladi.

 

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 29-oktabr kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

 

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

 

Tenderga qo‘yilgan lotlar: (fotoga qarang)

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

SHAHAR ATROFI AVTOBUS YO‘NALISHLARI

SHAY-205

Urgut ABB - Siyob ABB

Avtobus

SHAY-214

Mirbozor avtostansiyasi - Soxibkor mahallasi

Avtobus

SHAY-220

Mironqul turistik-rekreatsion zonasi-Xo‘ja Ahrori Vali ziyoratgohi

Avtobus

SHAY-222

Ohalik Oqbo‘yro turistik-rekreatsion zonasi-Xo‘ja Ahrori Vali ziyoratgohi

Avtobus

SHAY-226

Shohi Zinda ABB – Navro‘ztepa qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

SHAY-232

Bo‘zi mahallasi - Yoshlar markazi

Avtobus

SHAY-241

Ziyovuddin qo‘rg‘oni – Qarnab qishlog‘i

Avtobus

SHAY-243

Urgut avtostansiyasi – Chep qishlog‘i

Avtobus

SHAY-253

Kattaqo‘rg‘on ABB –Burgan qishlog‘i

Avtobus

SHAY-258

Mirbozor avtostansiyasi-Do‘rmon mahallasi

Avtobus

SHAY-273

Siyob ABB - Jartepa qishlog‘i (Urgut tumani)

Avtobus

SHAY-283

Juma avtostansiyasi - Usku qishlog‘i

Avtobus

SHAY-297

Bulung‘ur avtostansiyasi-Navoiy xo‘jaligi

Avtobus

SHAY-301

Payariq Tibbiyot kolleji-Shohi Zinda avtostansiyasi

Avtobus

SHAY-307

Payshanba avtostansiyasi-Ishtixon shahri

Avtobus

SHAY-308

Juma avtostansiyasi-Hazora ABB

Avtobus

SHAY-311

Juma avtostansiyasi-Guliston mahallasi

Avtobus

SHAY-312

Juma avtostansiyasi-Temiryo‘l qishlog‘i (Oshiqota ziyoratgohi)

Avtobus

SHAY-315

Shohi Zinda avtostansiyasi-Sherqo‘rg‘on qishlog‘i

Avtobus

SHAY-316

Shohi Zinda avtostansiyasi-Bulung‘ur avtostansiyasi

Avtobus

SHAY-319

Shohi Zinda ABB – Ayg‘irbuloq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-325

Juma avtostansiyasi-Parchaqora qishlog‘i

Avtobus

SHAY-373

Juma avtostansiyasi - Chandir qishlog‘i

Avtobus

SHAY-378

Yangijoy mahallasi - Samarqand tumani shifoxonasi

Avtobus

SHAY-380

Urgut ABB – Sarbozor qishlog‘i

Avtobus

SHAY-401

Urgut ABB-Muminobod qishlog‘i

Avtobus

SHAY-402

Temir yo‘l ABB - Imom al-Buxoriy ziyoratgohi

Avtobus

SHAY-405

Qarabchi qishlog‘i-Shohi Zinda avtostansiyasi

Avtobus

SHAY-410

Juma avtostansiyasi - Ilm mahallasi

Avtobus

SHAY-424

Juma avtostansiyasi - Qumariq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-490

Bulung‘ur avtostansiyasi - Qoramuyin qishlog‘i

Avtobus

SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLI TAKSI YO‘NALISHLARI

SHYT- 331

Hazora avtostansiyasi-Esaboy qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 343

Uzunovul qishlog‘i - Shohi Zinda avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHAHARLARARO VILOYAT ICHKI YO‘NALISHLI TAKSI YO‘NALISHLARI

SHYT- 508

Payshanba avtostansiyasi-Shoxi-Zinda avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).