40 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

Chop etish Sahifani ulashish
07.11.2025 22 Yangiliklar

Hurmatli tadbirkorlar!

 

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

 

Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

 

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2025-yil 10-dekabr kuni o‘tkaziladi.

 

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 9-dekabr kuni soat 17.00 ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

 

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

 

Tenderga qo‘yilgan lotlar: (fotoga qarang)

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

SHAY-205

Urgut ABB-Siyob ABB 

Avtobus

SHAY-214

Mirbozor ABB-Sohibkor qishlog‘i

Avtobus

SHAY-226

Shohi Zinda ABB-Navro‘ztepa qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

SHAY-232

Bo‘zi mahallasi-Yoshlar markazi

Avtobus

SHAY-241

Ziyovuddin qo‘rg‘oni-Qarnab qishlog‘i

Avtobus

SHAY-243

Urgut ABB-Chep qishlog‘i

Avtobus

SHAY-253

Kattaqo‘rg‘on ABB-Burgan qishlog‘i

Avtobus

SHAY-273

Siyob ABB-Jartepa qishlog‘i (Urgut  tumani)

Avtobus

SHAY-283

Juma ABB-Usku qishlog‘i

Avtobus

SHAY-297

Bulung‘ur ABB-Navoiy xo‘jaligi

Avtobus

SHAY-308

Juma ABB-Hazora ABB 

Avtobus

SHAY-311

Juma ABB-Guliston mahallasi

Avtobus

SHAY-312

Juma ABB-Temiryo‘l qishlog‘i (Oshiqota ziyoratgohi)

Avtobus

SHAY-316

Shohi Zinda ABB-Bulung‘ur ABB 

Avtobus

SHAY-319

Shohi Zinda ABB-Ayg‘irbuloq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-325

Juma ABB-Parchaqora qishlog‘i

Avtobus

SHAY-369

Nakurt qishlog‘i-Payariq ABB (Payariq tumani)

Avtobus

SHAY-373

Juma ABB-Chandir qishlog‘i

Avtobus

SHAY-378

Yangijoy mahallasi-Samarqand tumani shifoxonasi

Avtobus

SHAY-380

Urgut ABB-Sarbozor qishlog‘i

Avtobus

SHAY-395

Shohi Zinda ABB-Qoramo‘yin qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

SHAY-401

Urgut ABB -Muminobod qishlog‘i

Avtobus

SHAY-410

Juma ABB-Ilm mahallasi

Avtobus

SHAY-424

Juma ABB-Qumariq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-465

Shohi Zinda ABB-Navoiy xo‘jaligi

Avtobus

SHAY-490

Bulung‘ur ABB-Qoramuyin qishlog‘i

Avtobus

Shaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishlari

VH - 501

Hazora ABB-O‘rtabo‘z qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

VH - 511

Ravot qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 514

Kattaqo‘rg‘on ABB-Tim qishlog‘i

Avtobus

VH - 535

Sarigul qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 516

Hazora ABB-Ag‘ron qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

VH - 537

Pangat qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 541

Jush qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 542

Kuvkalla qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 546

Urganji qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 549

G’ujumsoy qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 558

Bozorjoy qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

VH - 561

Samarqand ABB-Payshanba ABB (Kattaqo‘rg‘on tumani)

Avtobus

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

VHYT-508

Payshanba ABB-Shohi Zinda ABB

Yo‘nalishli taksi

VHYT-538

Jom qishlog‘i-Xo‘ja Ahrori Valiy ziyoratgohi

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati Transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).