49 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

Chop etish Sahifani ulashish
25.12.2025 26 Yangiliklar

Hurmatli tadbirkorlar!

 

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

 

Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

 

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2026-yil 21-yanvar kuni o‘tkaziladi.

 

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2026-yil 20-yanvar kuni soat 14.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

 

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLARI

SHAY-205

Urgut ABB-Siyob ABB

avtobus

SHAY-214

Mirbozor ABB-Sohibkor mahallasi

avtobus

SHAY-216

Kattaqo‘rg‘on ABB-Ingichka qo‘rg‘oni

avtobus

SHAY-226

Shohi Zinda ABB-Navro‘ztepa qishlog‘i

avtobus

SHAY-232

Bo‘zi mahallasi-Yoshlar markazi

avtobus

SHAY-241

Ziyovuddin shaharchasi-Qarnab mahallasi

avtobus

SHAY-243

Urgut ABB-Chep qishlog‘i

avtobus

SHAY-253

Kattaqo‘rg‘on ABB-Burgan qishlog‘i

avtobus

SHAY-273

Siyob ABB-Jartepa qishlog‘i

avtobus

SHAY-283

Juma ABB-Usku qishlog‘i

avtobus

SHAY-297

Bulung‘ur ABB-“Navoiy” xo‘jaligi

avtobus

SHAY-301

Tibbiyot kolleji-Shohi Zinda ABB

avtobus

SHAY-308

Juma ABB-Hazora ABB

avtobus

SHAY-311

Juma ABB-Guliston mahallasi

avtobus

SHAY-312

Juma ABB-Temiryo‘l qishlog‘i (“Oshiq Ota” ziyoratgohi)

avtobus

SHAY-316

Shohi Zinda ABB-Bulung‘ur ABB

avtobus

SHAY-319

Shohi Zinda ABB-Ayg‘irbuloq qishlog‘i

avtobus

SHAY-325

Juma ABB-Parchaqora qishlog‘i

avtobus

SHAY-346

Mirbozor ABB-Mirbozor ABB (halqa yo‘nalishi)

avtobus

SHAY-369

Nakurt mahallasi-Payariq ABB

avtobus

SHAY-373

Chandir qishlog‘i-Juma ABB

avtobus

SHAY-378

Yangijoy mahallasi-Samarqand tumani shifoxonasi

avtobus

SHAY-380

Urgut ABB-Sarbozor mahallasi

avtobus

SHAY-395

Qoramuyin qishlog‘i-“Shayman” bozori

avtobus

SHAY-401

Urgut ABB-Muminobod qishlog‘i

avtobus

SHAY-405

Qarabchi qishlog‘i-Shohi Zinda ABB

avtobus

SHAY-410

Juma ABB-Ilm mahallasi

avtobus

SHAY-424

Juma ABB-Qumariq qishlog‘i

avtobus

SHAY-465

Shohi Zinda ABB-“Navoiy” xo‘jaligi

avtobus

SHAY-490

Bulung‘ur ABB-Qoramuyin qishlog‘i

avtobus

SHAY-501

Hazora ABB-O‘rtabo‘z qishlog‘i

avtobus

SHAY-511

Samarqand ABB-Ravot qishlog‘i

avtobus

SHAY-514

Kattaqo‘rg‘on ABB-Tim qishlog‘i

avtobus

SHAY-516

Hazora ABB-Ag‘ron mahallasi

avtobus

SHAY-535

Sariqul qishlog‘i-Samarqand ABB

avtobus

SHAY-537

Samarqand ABB-Pangat mahallasi

avtobus

SHAY-541

Jo‘sh mahallasi-Samarqand ABB

avtobus

SHAY-542

Samarqand ABB-Quvkalla qishlog‘i

avtobus

SHAY-546

Samarqand ABB-Urganji mahallasi

avtobus

SHAY-549

G‘ujumsoy qishlog‘i-Samarqand ABB

avtobus

SHAY-558

Bozorjoy qishlog‘i-Samarqand ABB

avtobus

SHAY-561

Samarqand ABB-Payshanba ABB

avtobus

SHYT-343

Uzunovul qishlog‘i-Shohi Zinda ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT-404

Lazzat choyxonai-Shohi Zinda ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT-433

Shohi Zinda ABB-Qorateri mahallasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-443

Shohi Zinda ABB So‘g‘onchi qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-454

Mani qishlog‘i-Payariq ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT-455

G‘allakor mahallasi-Payariq ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT-508

Payshanba ABB-Shohi Zinda ABB

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).