0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Hurmatli tadbirkorlar!
Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochiq elektron tenderga qo‘yildi.
Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.
Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2026-yil 21-fevral kuni o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2026-yil 20-fevral kuni soat 12.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.
Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.
|
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
|
SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLARI |
||
|
SHAY 301 |
Tibbiyot kollegi-Shohi Zinda ABB |
avtobus |
|
SHAY 405 |
Qarabchi qishlog‘i-Shohi Zinda ABB |
avtobus |
|
SHAY 308 |
Juma ABB-Hazora ABB |
avtobus |
|
SHAY 214 |
Mirbozor ABB-Sohibkor mahallasi |
avtobus |
|
SHAY 311 |
Juma ABB-Guliston mahallasi |
avtobus |
|
SHAY 316 |
Shohi Zinda ABB-Bulung‘ur ABB |
avtobus |
|
SHAY 319 |
Shohi Zinda ABB-Ayg‘irbuloq qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 325 |
Juma ABB-Parchaqora qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 373 |
Chandir qishlog‘i-Juma ABB |
avtobus |
|
SHAY 395 |
Qoramuyin qishlog‘i-“Shayman” bozori |
avtobus |
|
SHAY 226 |
Shohi Zinda ABB-Navro‘ztepa qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 424 |
Juma ABB-Qumariq qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 241 |
Ziyovuddin shaharchasi-Qarnab mahallasi |
avtobus |
|
SHAY 253 |
Kattaqo‘rg‘on ABB-Burgan qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 273 |
Siyob ABB-Jartepa qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 283 |
Juma ABB-Usku qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 297 |
Bulung‘ur ABB-“Navoiy” xo‘jaligi |
avtobus |
|
SHAY 401 |
Urgut ABB-Mo‘minobod qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 205 |
Urgut ABB-Siyob ABB |
avtobus |
|
SHAY 380 |
Urgut ABB-Sarbozor mahallasi |
avtobus |
|
SHAY 243 |
Urgut ABB-Chep qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 465 |
Shohi Zinda ABB-“Navoiy” xo‘jaligi |
avtobus |
|
SHAY 514 |
Kattaqo‘rg‘on ABB-Tim qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 516 |
Hazora ABB-Ag‘ron qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 490 |
Bulung‘ur ABB-Qoramuyin qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 537 |
Samarqand ABB-Pangat qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 541 |
Jo‘sh mahallasi-Samarqand ABB |
avtobus |
|
SHAY 542 |
Samarqand ABB-Quvkalla qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 546 |
Samarqand ABB-Urganji qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 549 |
G‘ujumsoy qishlog‘i-Samarqand ABB |
avtobus |
|
SHAY 558 |
Bozorjoy qishlog‘i-Samarqand ABB |
avtobus |
|
SHAY 561 |
Samarqand ABB-Payshanba ABB |
avtobus |
|
YT 264 |
Mirzapolvon qishlog‘i-Siyob ABB |
yo‘nalishli taksi |
|
YT 433 |
Shohi Zinda ABB-Qorateri qishlog‘i |
yo‘nalishli taksi |
|
YT 443 |
Shohi Zinda ABB-So‘g‘onchi qishlog‘i |
yo‘nalishli taksi |
|
SHAY 511 |
Samarqand ABB-Ravot qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 501 |
Hazora ABB-O‘rtabo‘z qishlog‘i |
avtobus |
|
SHAY 535 |
Sarikul mahallasi-Samarqand ABB |
avtobus |
|
SHAY 378 |
Yangijoy qishlog‘i-Samarqand tumani shifoxonasi |
avtobus |
|
SHAY 216 |
Kattaqo‘rg‘on ABB-Ingichka qo‘rg‘oni |
avtobus |
|
SHAY 312 |
Juma ABB-Temiryo‘l qishlog‘i (Oshiq Ota ziyoratgohi) |
avtobus |
|
SHAY 410 |
Juma ABB-Ilm mahallasi |
avtobus |
|
SHAY 369 |
Nakurt mahallasi-Payariq ABB |
avtobus |
|
YT 454 |
Mani qishlog‘i-Payariq ABB |
yo‘nalishli taksi |
|
YT 455 |
G‘allakor mahallasi-Payariq ABB |
yo‘nalishli taksi |
|
SHAY 346 |
Mirbozor ABB-Mirbozor ABB (halqa yo‘nalishi) |
avtobus |
|
SHAY 232 |
Bo‘zi mahallasi-Yoshlar markazi |
avtobus |
|
YT 404 |
Lazzat choyxonasi-Shohi Zinda ABB |
yo‘nalishli taksi |
|
YT 508 |
Payshanba ABB-Shohi Zinda ABB |
yo‘nalishli taksi |
|
YT 343 |
Uzunovul qishlog‘i-Shohi Zinda ABB |
yo‘nalishli taksi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.
Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
