0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
‼️Yoʻlovchilar diqqatiga!
Hurmatli yo‘lovchilar!
Samarqand shahar hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Rudakiy ko‘chasida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 2025-yil 14-yanvar sanasidan boshlab 7 kun muddatga 2-sonli “Temiryo‘l vokzali-Siyob bozori” yo‘nalishdagi tramvaylar harakat tarkibi to‘xtatiladi.
Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishlardagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.