Aholiga jamoat transporti xizmati ko‘rsatish bo‘yicha onlayn-chat tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2025 49 Yangiliklar

Yo‘lovchi tashish, aholiga jamoat transporti xizmati ko‘rsatish bo‘yicha onlayn-chat tashkil etiladi

To‘g‘ridan-to‘g‘ri audio-translyatsiya bugun, 14-avgust kuni, soat 16:30 da boshlanadi.

Onlayn translyatsiyada siz Samarqanddagi yo‘lovchi tashish, avtobuslar va brutto-shartnomasi asosida ishlayotgan jamoat transporti faoliyati masalalari bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Savollarga Samarqand viloyat transport boshqarmasining mas’ullari javob beradi.

Shuningdek, savollaringizni Samarqand viloyati Transport boshqarmasining Telegramdagi (https://t.me/samtrans) sahifasiga a’zo bo‘lib, mazkur xabarning izoh qismida jo‘natishingiz mumkin.