Avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatida alohida ishonch telefonlari tashkil etil

Chop etish Sahifani ulashish
15.07.2025 48 Yangiliklar

“Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasida jamoat transportida aholiga ko‘rsatilgan xizmat sifatini nazorat qilish maqsadida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Unda avtobuslarga o‘rnatilgan GPS moslamalari yordamida Samarqand shahridagi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar kuzatib boriladi.

Mutaxassislar tomonidan yo‘nalish chizmasiga, oraliq vaqtga amal qilinishi, bajarilgan qatnovlar soni, ishning boshlanish va tugash vaqti, tezlik rejimi monitoringi qilinadi.

Shu bilan birga avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatida alohida ishonch telefonlari tashkil etilgan:
+99 871 202 05 01 (332)
+99 871 202 05 01 (335)
+99 871 202 05 01 (337) telefonlari orqali fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida: Samarqand shahrida 22 ta yo‘nalishda 243 ta avtobus brutto-shartnomasi asosida yo‘lovchi tashishni amalga oshirmoqda.