MUNTAZAM YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI YURIDIK SHAXSLAR DIQQATIGA!!!

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2026 36 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 501-sonli qaroriga asosan:

 

- Tender g‘olibi bir kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlashi (takliflarni qabul qiladi. Elektron shartnomani tasdiqlashi shart);

 

- Oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgandan so‘ng 4 (to‘rt) ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini rasmiylashtirishi;

 

- Ommaviy oferta shartnoma (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kunida shartnomada ko‘rsatilgan avtotransport vositalarini sun’iy yo‘ldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari (GPS) bilan jihozlashi va vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilinishi shart. 

 

Eslatma: yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan talablarning har biri belgilangan muddatlarda bajarilmaganda talabgorning tender g‘olibligi  tizimdan avtomatik tarzda bekor qilinadi.