Shahar atrofi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

Chop etish Sahifani ulashish
11.08.2025 51 Yangiliklar

Shahar atrofi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

Hurmatli tadbirkorlar!

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2025-yil 15-sentabr kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 14-sentabr kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.