Yo‘nalishlar bo‘yicha ishlash huquqini olish uchun tender

Chop etish Sahifani ulashish
27.02.2026 24 Yangiliklar

DIQQAT TENDER

 

Shahar atrofi yo‘nalishi bo‘yicha ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, shahar atrofi yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi ochiq tender 2026-yil 29-mart kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz (https://e-tender.uztrans.uz/) axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 28-mart kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

 Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma‘lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish e-tender.uztrans.uz (https://e-tender.uztrans.uz/) veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

 YT 305 — Juma ABB - Beklar qishlogi

 YT 308 — Hazora ABB - Juma Temiryo‘l bekati

 YT 213 — Hazora ABB - Pichoqchi qishlogi

 YT 371 — Juma ABB - Markaziy shifoxona

 YT 373 — Juma ABB - Chandir qishlog‘i

 YT 387 — Nurobod ABB - Juma ABB

 YT 388 — Loyish shaharchasi - Yangiqorgon qishlog‘i

 YT 246 — Ziyovuddin - Qizilnishon qishlog‘i

 YT 401 — Urgut ABB - Muminobod qishlogi

 YT 254 — Fayzobod qishlog‘i - Siyob ABB

 YT 412 — Loyish shaxarchasi - Bobur j/x

 YT 418 — Nurobod ABB - Jom qishlogi

 YT 275 — Ziyovuddin shaharchasi - Qirguli mahallasi

 YT 284 — Hazora ABB - Boltali qishlaog‘i

 YT 294 —Bulungur ABB - Yangiobod qishlog‘i

 YT 470 — Hazora ABB - Charxin shaharchasi 

 YT 451 — Oqtepa mahallasi - Sultonobod mahallasi

 YT 487 — Juma ABB - Qumariq qishlogi

 YT 422 — Sariqul mahallasi (16 maktab) - Nurobod ABB 

 YT 237 — Madaniy yurish mahallasi - Hazora ABB

 YT 440 — Qorasuv massivi - Ehtiyot qismlar bozori

 YT 390 — Gobdin qishlog‘i - Bulungur ABB 

 YT 458 — Hazarbobo mahallasi - Ishtixon ABB

 YT 457 — Arabxona qishlogi - Ishtixon ABB

 YT 436 — Payshanba ABB - Yangiobod qishlogi

 YT 407 — Loyish shaharchasi - Yangiravot - 1 mahallasi

 YT 408 — Loyish shaharchasi - Yangiqishloq mahallasi

 YT 409 — Loyish shaharchasi - Miyonqol mahallasi

 YT 335 — Beshbola mahallasi - Samarqand mahallasi

YT 330 — Chorbog mahallasi - Juma ABB 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).