#Rasman
1-maydan boshlab Samarqand shahar jamoat transportida naqd pul qabul qilinmaydi (https://e-qaror.gov.uz/doc/2932349).
Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, sohada yashirin iqtisodiyotning oldini olish, haydovchilarni ortiqcha vazifalardan ozod qilish maqsadida yo‘lkira haqini to‘lashda to‘liq elektron to‘lov usuliga o‘tish masalasi Xalq deputatlari viloyat Kengashining 29-sessiyasida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi (https://e-qaror.gov.uz/doc/2932349).
Qarorga koʻra, joriy yilning 1-may sanasidan boshlab, avtobus, elektrobus va tramvayda yo‘lkira haqini bank plastik va ATTO yagona transport kartasi, shuningdek, QR kodli chipta orqali amalga oshirish mumkin.
.
Yo‘lkira haqini transport va bank kartasi orqali amalga oshirilganda 1 martalik cheklangan tarif miqdori 2 000 (ikki ming) so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, yo‘lkira haqini QR kodli chipta orqali to‘lash 4000 (toʻrt ming) soʻm etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, yo‘lkira haqini to‘lashda haydovchilar tomonidan naqd pul qabul qilinmaydi.