Yo‘lovchilar diqqatiga!
M4-, M5-, M15-, hamda T4-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar “Gagarin” va “Rudakiy” ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Samarqand shahrining “Gagarin” va “Rudakiy” ko‘chalari kesishmasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetib, yo‘l avtomobillar harakati uchun ochilganligi sababli M4-, M5-, M15- hamda T4-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar o‘z harakat harakat chizmasiga qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli Bog‘dod, “Muhammad al-Xorazmiy” hamda “Beruniy” ko‘chalari orqali Temiryo‘l vokzaliga yo‘naltirilgan edi.