0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
17 hamda 99-sonli shahar avtobus yo‘nalishlari yangicha tizim asosida xizmat ko‘rsatishni boshladi
Xabaringiz bor, 2025-yil 17-iyun sanasida “Shahar avtobus yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender” o‘tkazilishi yuzasidan xabar berilgan edi.
Mazkur ochiq elektron tender uchun 2 ta shahar avtobus yo‘nalishlari lotlarga joylashtirilgan.
O‘tkazilgan ochiq elektron tender natijalariga ko‘ra, 17-sonli “So‘lim shaharchasi–Cho‘pon ota avtovokzali” hamda 99-sonli “1-son shahar shifoxonasi–“Bionur med servis” tibbiy klinikasi” shahar avtobus yo‘nalishi bo‘yicha “Samarqand Hamkor trans” MCHJ tender g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
17-sonli “So‘lim shaharchasi–Cho‘pon ota avtovokzali” shahar avtobus yo‘nalishida 12 ta avtobus 13-15 daqiqalik interval asosida, 99-sonli “1-son shahar shifoxonasi–“Bionur med servis” tibbiy klinikasi” shahar avtobus yo‘nalishida ham 12 ta avtobus 14-15 daqiqalik interval asosida xizmat ko‘rsatadi. Tashuvchi korxona bilan tegishli tartibda Brutto-shartnomasi imzolanib, ko‘rsatilgan xizmat sifati asosida moliyashtirilib boriladi.
Shanba va yakshanba kunlari interval 20-21 daqiqani tashkil etadi.
Mazkur yo‘nalishlar harakatini ATTO mobil ilovasi va boshqa internet xaritalar orqali kuzatish mumkin.