0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Samarqand viloyati Transport boshqarmasida “20-avgust - Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i Ravshan Tojiyev so‘zga chiqib, sohada faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni qizg‘in tabrikladi.
Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tubdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, yangidan yangi shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yurtimiz kelajagi yuksalishida, xalqimizning farovonligi va ravnaqi transport sohasining rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar alohida e’tirof etilib, taqdirlandi.