32 va 55-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘xtatilgan

Chop etish Sahifani ulashish
22.09.2025 66 Yangiliklar

Joriy yilning 21-sentabr sanasida Facebook tarmog‘ida Samarqand shahar Termez ko‘chasi bo‘ylab jamoat transporti harakatini tashkil etish yuzasidan videomurojaat e’lon qilindi.

 

Mazkur murojaat yuzasidan Samarqand viloyati Transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

 

Aholini jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yo‘lovchilarga xavfsiz transport turini taklif etish viloyat Transport boshqarmaning asosiy vazifalaridan biri. Bunda tadbirkorlik subyektining takliflari ham e’tiborga olinadi.

 

Murojaatda qayd etilgan 32 va 55-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘xtatilgan.

 

Mazkur hudud aholisini jamoat transporti qatnovi bilan ta’minlash maqsadida Termiz ko‘chasi orqali 55a, 55b, 134-sonli avtobuslar qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Hududda transport qatnovini tashkil etish maqsadida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tashuvchi korxonalarga takliflar berilgan. Biroq, avtobuslar yetishmovchiligi sabab yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridan talab kelib tushmagan.

 

Hozirda barcha imkoniyatlar ishga solinib, yangi avtobuslar xarid qilish borasida tadbirkorlik subyektlari bilan ishlar tashkillashtirilgan.