#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Sharof Rashidov” mahallasi aholisi tomonidan hududda avtobus qatnovini tashkil etish yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Samarqand tumani “Sharof Rashidov” mahallasi aholisi uchun avval 203-sonli “Temiryo‘l ABB – Quyi yangi ariq mahallasi” shahar atrofi yo‘nalishida avtobus qatnovi tashkil etilgan.
Biroq, yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimining pastligi natijasida transport vositalari bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmagani sababli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Avtotrans Urgut” MChJ tomonidan qatnovlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirda mazkur yo‘nalishdagi avtobus qatnovini qayta tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, “Sharof Rashidov” mahallasi aholisi uchun 441-sonli “Akmal mehmonxonasi – Quyi yangi ariq mahallasi” yo‘nalishli taksi yo‘nalishida qatnov yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda “Shaxruz Trans” MChJ tasarrufidagi 40 ta Damas rusumli transport vositasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Hududda avtobus qatnovini tiklash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.