0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
74-sonli yo‘nalishdagi avtobuslarning oxirgi bekati Samarqand avtovokzali etib belgilandi.
Xabaringiz bor, Samarqand shahar transport Bosh rejasidan oʻrin olgan 74-sonli yoʻnalishdagi avtobuslarning oxirgi bekati etib Choʻpon Ota hududidagi avtovokzal belgilangan edi.
Biroq, ayrim sabablarga koʻra, mazkur yoʻnalishdagi avtobuslar Siyob ABBda toʻxtatilgandi.
Choʻpon Ota hududida qurilishi rejalashtirilgan avtovokzal foydalanishga topshirilgach, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 74-sonli "Sartepa maskani-Avtovokzal" shahar avtobus yoʻnalishidagi avtobuslar Siyob ABB (Kaptarxona) orqali Rajabamin, Chumchuqli mahallalari orqali M39 avtomobil yoʻli boʻylab Avtovokzalga qadar harakatlanadi.