Asosiy maqsadimiz aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish

Chop etish Sahifani ulashish
14.11.2025 1 Yangiliklar

Viloyatda aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib yo‘nalishlarni tashkil etish va ushbu yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish, tashuvlarda xizmat sifatini oshirish maqsadida boshqarma hamda “Yo‘lovchi tashishni nazorat va monitoring qilish” davlat muassasasi xodimlari o‘rtasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Transport vazirligining Avtomobil va jamoat transporti departamenti Jamoat transporti boshqarmasi boshlig‘i R.Boboyev ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijadorligini tahlil qildi.

 

-Bizning asosiy maqsadimiz aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish. Viloyat miqyosidagi har bir hudud transport qatnovi bilan qamrab olinishi lozim, dedi R.Boboyev o‘z so‘zida. Shuningdek, normativ-huququiy hujjatlarda Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, ayniqsa, shahar avtobus yo‘nalishlarini Brutto shartnoma tizimiga o‘tkazishni jadallashtirish, shahar bilan tutash hududlarga shahar avtobus yo‘nalishlarini yo‘naltirish borasida takliflarini bildirdi.

 

Bundan tashqari, shahar hududida avtobuslarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida “Yo‘lovchi tashishni nazorat va monitoring qilish” davlat muassasasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi viloyat bo‘limi xodimlari o‘rtasida hamkorlikda ishlarni tashkil etishni kuchaytirish, aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.