0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Avtobusda yo'l haqini naqd pulda to‘laganingizda chiptangizni olayapsizmi?
Maʼlumki, Samarqand shahridagi jamoat transportida quyidagi toʻlov usullari mavjud:
* Naqd pul;
* Bank kartalari;
* ATTO transport kartalari.
Avtobuslarda yo'l haqi naqd pulda to'langan hollarda yo'lovchilarga bir martalik avtobus chiptalari berilishi shart.
“Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda yoʻl haqini naqd pulda toʻlashda bir martalik avtobus chiptalarini berish validatorlarning mavjudligi va yaroqligi nazorat qilinmoqda. Shu bilan birga yo‘lovchilar bilan ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda Samarqand shahrida 15,17, 20, 22, 27, 30,31,52,70,74, 87, 99, 256, M1, M2, M3, M4, M5, M12, M15, T3,T4-raqamli avtobuslar brutto-shartnomasi asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda.