Bugun “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida Transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev jamoat transportidan foydalanib, avtobus haydovchilari va yo‘lovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi.
Boshqarma rahbari ertalabki qatnov vaqtida bir nechta avtobus yo‘nalishlarida bo‘lib, haydovchilarning mehnat sharoitlari, yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklar hamda transport harakati xavfsizligi bo‘yicha fikrlarini tingladi.
“Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasidagi bunday uchrashuvlar aholida ekologik madaniyatni shakllantirish, jamoat transportidan foydalanishni targ‘ib qilish va soha xodimlari bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.