0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar “Cho‘pon Ota” massivida joylashgan avtovokzalda yo‘lovchilar uchun o‘rindiq mavjud emasligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Zamonaviy arxitektura loyihalari asosida qurilgan ushbu avtovokzal bir sutkada 200 ta yumshoq o‘rinli avtobuslar, 75 ta qattiq o‘rinli avtobuslar-elektrobuslar, 65 ta mikroavtobus-damaslar hamda 1000-1500 tagacha 4 o‘rindiqli “TAXI” larga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ushbu Avtovokzal orqali 4 ta shahar yo‘nalishlari, 19 ta shahar atrofi yo‘nalishlari, 7 ta “Toshkent-Samarqand” va boshqa viloyatlarni bog‘lovchi 30 ta shaharlararo viloyatlararo yo‘nalishlarda bir sutkada 313 ta avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar hamda 500-1000 tagacha to‘rt o‘rinli “TAXI” larning qatnovlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Avtovokzal binosida yo‘lovchilarga hamda nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, maxsus o‘rindiqlar, hojatxona, perron hamda panduslar bilan jihozlangan.
Jumladan, yo‘lovchilarga transport xizmatlaridan tashqari, hojatxona, tahoratxona, ona va bola xonasi, haydovchilarning dam olish xonasi, oshxona (bufet), umumiy kutish joyi, paynet, bankomat, “Vending”, savdo do‘konlari, “Xostel” mehmonxonalar va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari tashkil etilgan.
Bir so‘z bilan aytganda yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
