Belgilangan talablarga rioya etmagan tashuvchi korxonalarga keskin choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish berildi

Chop etish Sahifani ulashish
26.01.2026 31 Yangiliklar

Jamoat transportidagi salbiy holatlarga chek qo‘yish maqsadida viloyat Transport boshqarmasida tashuvchi korxonalar hamda sohaga mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda viloyat Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mahmud Uzoqov yo‘l qo‘yilayotgan kamchilarni tadbirkorlik subyeklari rahbarlari bilan muhokama qildi. Ayniqsa, validatorlarni hech bir sababsiz o‘chirib qo‘yilishi, harakat xavfsizligiga e’tibor qaratmaslik, transport vositalarining sanitar va texnik jihatlariga e’tibor qilmaslik jiddiy tanqid qilindi.

 

Tashuvlarda xavfsizlikni ta’minlash, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sohada nazorat qiluvchi organlar hamda tashuvchi korxonalar zimmasidagi mas’uliyatdir, dedi Mahmud Uzoqov o‘z so‘zida.

 

Shuningdek, yig‘ilishda xizmat ko‘rsatuvchi va yo‘lovchi o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish, tashuvlarda sifat darajasini ko‘tarish, tender hamda litsenziya talab va shartlariga jiddiy e’tibor qaratish masalalariga alohida urg‘u berildi.

 

Belgilangan talablarga rioya etmagan tashuvchi korxonalarga keskin choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.