0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
BMT eksperti transport sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Xabitat) shaharsozlik bo‘yicha eksperti Katya Shefer boshchiligidagi delegatsiya transport sohasi vakillari bilan uchrashdi. Viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev mehmonlarga jamoat transporti sohasidagi raqamlashtirish orqali, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda avtobuslar harakatini kuzatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek, ekspertlar guruhi Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasining ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
