Diqqat! Ishga marhamat!

Chop etish Sahifani ulashish
01.12.2025 11 Yangiliklar

#Diqqat_vakansiya

 Samarqand viloyati Transport boshqarmasi oz muassisligida bo‘lgan tashkilotga bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.

“Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi” direktori lavozimiga quyidagi malakaviy talablarga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi.

 Samarqand viloyati Transport boshqarmasining muassisligidagi davlat korxonalari rahbar va o‘rinbosarlari (o‘rinbosarga

tenglashtirilgan lavozimlar)ga qo‘yiladigan MALAKA TALABLARI

1.Korxona rahbari, rahbar o‘rinbosari va unga tenglashtirilgan lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablari:

-Korxona rahbari, rahbar o‘rinbosari va unga tenglashtirilgan lavozimlarga malaka talablarining quyidagi eng past darajalari ya’ni umumiy talablar qo‘yiladi:

Maʼlumot

Oliy

Kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim

Mehnat staji

Sohasi bo‘yicha yetarli  mehnat stajiga ega bo‘lishi

Direktor – mazkur sohadagi 5 yillik umumiy ish staji shundan 3 yili rahbar lavozimlarda;

Direktor o‘rinbosari - mazkur sohadagi 3 yillik umumiy ish staji shundan 2 yili rahbar lavozimlarda;

Bosh muhandis - mazkur sohadagi 3 yil ish staji;

Davlat tilini bilishi

Davlat tilini bilishi

Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim

Kompyuter savodxonligi

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi

Word, Excel, PowerPoint, Assess kabi ilovalar hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi.

Normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorligi

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi

Sohasi bo‘yicha hukumat qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi

  1.  Korxona rahbari, rahbar o‘rinbosari va unga tenglashtirilgan lavozimlarga qo‘yiladigan mutaxassislik bo‘yicha eng past darajasini quyidagilar o‘z ichiga oladi:

Direktor, direktor o‘rinbosari yoxud unga tenglashtirilgan lavozimlar

Avtomobil transporti yo‘nalishlari, Iqtisodiyot, Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) (transport sohasi bo‘yicha), menejment (transport sohasi bo‘yicha)

 * Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar uchun suhbat savollari bilan https://vacancy.argos.uz/interview-question/question-group/7386 havolasi orqali tanishish mumkin.