Dolzarb mavzuda targ‘ibot ishlari

Chop etish Sahifani ulashish
19.05.2026 40 Yangiliklar

Kiberjinoyatlarning oldini olish, internetda xavfsiz harakatlanish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish borasida amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlarni targ‘ib qilish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Unda Transport boshqarmasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi xodimlari bevosita aholi gavjum nuqtalarda noma’lum APK fayllarni yuklab olmaslik, pul ko‘paytirish yoki tez boyish va’dalariga ishonmaslik — bu firibgarlik bo‘lishi mumkinligi, shubhali havolalar (linklar)ni ochmaslik va boshqalarga yubormaslik, shaxsiy ma’lumotlarni (karta raqami, pasport ma’lumotlari, PIN va kodlar) hech kimga bermaslik, SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini begona shaxslarga ma’lum qilmaslik orqali o‘zini o‘zi himoyalashi lozimligi tushuntirildi.

 

Tadbir davomida kiberxavfsizlikning ahamiyati bo‘yicha tayyorlangan flayerlar tarqatildi.