#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda 87- sonli “Sartepa maskani - Universitet xiyoboni” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasi haydovchisiga nisbatan eʼtirozli murojaat tarqaldi.
Mazkur holat viloyat Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.
Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, yo‘l harakati qoidalariga jiddiy e’tibor qaratgan holda tashuvlarni amalga oshirish yuzasidan mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Toxir R” MChJda holat muhokama qilindi. Korxona rahbariyatiga tashuvlarda xizmat sifatini oshirish maqsadida har bir haydovchiga qo‘shimcha yo‘riqnoma o‘tkazish vazifasi yuklatildi.
Xizmat davomida yo‘lovchiga qo‘pollik qilgan hamda jamoat transportiga nisbatan aholining salbiy munosabatini shakllantirgan, 87-sonli shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami belgisi 30/518 YBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi B.A.ga tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Shu o‘rinda Samarqand shahar jamoat transportida jamoatchilik nazoratini o‘rnatgan va unda xizmat sifatini oshirish uchun muammoni xolis yoritib bergan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.