Samarqand viloyati transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini elektron tender orqali biriktirish, tender takliflarini belgilangan talablarga muvofiq taqdim etish hamda elektron bazadagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tender takliflarida ayrim holatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilayotganligi, korxonalar tomonidan tender jarayonlarida belgilangan talab va tartiblarga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Tender takliflarida noto‘g‘ri yoki haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlarni ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan choralarni qo‘llashga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.
Bundan tashqari, e-tender elektron bazasida yo‘nalishlar, transport vositalari va boshqa ma’lumotlarni to‘g‘ri yuritish, ularning oferta shartnomalaridagi ma’lumotlarga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Muhokamalar davomida tashuvchi korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektron bazadagi ma’lumotlarni amaldagi holatga moslashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishlarini ma’lum qildilar.
Maqsad — yo‘lovchi tashish sohasida elektron tender jarayonlarining qonuniy, shaffof va adolatli tashkil etilishini ta’minlash.