Harakat tarkibi ko‘paytiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
29.09.2026 23 Yangiliklar

 

#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda M2-sonli “Hazora ABB – Gulobod qo‘rg‘oni” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobuslarning oraliq vaqti oshib ketganligi yuzasidan murojaat e’lon qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 15-sentabridan boshlab M2-sonli shahar avtobus yo‘nalishi harakati Gulobod qo‘rg‘onigacha uzaytirildi. Yo‘nalish masofasining uzaytirilishi natijasida avtobuslarning harakatlanish vaqti hamda oraliq vaqti o‘zgargan.

Ayni paytda yo‘nalishda avtobuslar harakati oraliq vaqtini qisqartirish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha harakat tarkibini jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, olib kelinishi rejalashtirilgan zamonaviy elektrobuslarning bir qismini mazkur yo‘nalishga yo‘naltirish va shu orqali yo‘nalishdagi harakat tarkibini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Viloyat transport boshqarmasi yo‘lovchilarga yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini ma’lum qiladi.