Haydovchi nogironligi bo‘lgan shaxsga qo‘pollik qildimi?

Chop etish Sahifani ulashish
29.04.2026 22 Yangiliklar

Haydovchi nogironligi bo‘lgan shaxsga qo‘pollik qildimi?

 

Nega tasdiqlanmagan, o‘rganilmagan ma’lumot tarqatildi?

 

#Munosabat

 

Joriy yilning 27-aprel sanasida ijtimoiy tarmoqlarda “20-sonli avtobus haydovchisi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsning huquqlari poymol qilindi. Uning jamoat transportida bepul yurish huquqi borligi sababli o‘z manzilida emas, ikki bekat o‘tib, haqorat qilib tushirdi” mazmunida murojaat tarqaldi.

 

Avvalo, mazkur murojaatni tarqatgan ijtimoiy tarmoq a’zosidan noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatmaslik va holatni o‘rganmasdan turib xabar bermaslikni so‘rab qolgan bo‘lardik. Shuningdek, holat nogironligi bo‘lgan shaxs bilan emas, balki uning hamrohi va haydovchi o‘rtasida sodir bo‘lganligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

 

Holat avtobus salonidagi kameralar orqali o‘rganilganda, kelishmovchilik nogironligi bo‘lgan shaxsning hamrohi bilan sodir bo‘lgani aniqlandi. Yo‘lovchi avtomobil oqimi serqatnov, ko‘chani kesib o‘tish xavfi yuqori bo‘lgan va bekat mavjud bo‘lmagan hududda avtobusni to‘xtatishni talab qilgan.

 

Yuqorida qoldirilgan “Nega tasdiqlanmagan, o‘rganilmagan ma’lumot tarqatildi?” savoliga javob kutamiz.

 

Holat yuzasidan haydovchining fikri tinglandi. Videolavha bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishing!