0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qish mavsumida jamoat transporti haydovchisidan mukammal ko‘nikma va mahorat talab etiladi. Bunda avtobuslarni harakatga keltirishdan boshlab, xizmat ko‘rsatish jarayoni va avtosaroyga qaytishgacha bo‘lgan vaqtda ahamiyat beriladigan jihatlar mavjud.
Jamoat transportini betalafot xizmat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan masofaviy tarzda avtosaroylardagi YHX muhandislari, texnik mutaxassislar hamda avtotransport vositalari haydovchilari uchun mavsumiy yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnoma davomida avtotransport vositasining texnik tayyorligini qayta ko‘zdan kechirish, ob-havo va yo‘l sharoitlarini inobatga olish, ayniqsa, Yomg‘ir, tuman yoki qorli kunlarda tezlikni imkon qadar kamaytirish, Tumanli ob-havoda yo‘nalishni belgi va chiziqlar orqali aniqlash, qor yoki muzda keskin tormozlamaslik, oraliq masofani 2–3 baravar oshirish, tuman sharoitida uzoqni yorituvchi chiroqni yoqmaslik, chunki nurlar qaytib ko‘rishni yomonlashtirishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yakunda haydovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
