Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2025 30 Yangiliklar

 

#Munosabat

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 64-sonli “Siyob ABB-Sartepa maskani” shahar yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30 089 ЕВА bo‘lgan transport vositasida validator ishlamayotganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

 

Mazkur holat viloyat Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganib chiqildi.

 

Avtobusga o‘rnatilgan validatordagi nosozlik yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Suxrobtransservis XATU” MChJ xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

 

Hozirda avtobusdagi elektron to‘lov uchun mo‘ljallangan validator ishchi holatda.

 

Haydovchi bilan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Shuningdek, 77- va T4-sonli yo‘nalishlardagi transport vositalarining bekat mavjud bo‘lmagan joyda yo‘lovchi olish uchun to‘xtashi hamda mavjud bekatlarga to‘xtamasdan ketishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda murojaat tarqaldi.

 

Holat yuzasidan mazkur yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi “Marokand Trans 777” MCHJ hamda “Samarqandyo‘lovchitrans” DMda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Unda avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish davomida Tender talab va shartlariga hamda yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etish, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.

 

Korxona rahbariyatiga har bor haydovchi bilan alohida yo‘riqnoma o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

 

Samarqand viloyati Transport boshqarmasi jamoatchilik nazorati asosida muammoni yoritgan barchaga minnatdorlik bildiradi. Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi.