#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda 9-sonli “Gulobod qo‘rg‘oni - Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasi haydovchisining so‘zlarini o‘zi uchun qo‘pollik deb bilgan fuqaroning murojaati tarqaldi.
Mazkur holat viloyat Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganib chiqildi.
Holat yuzasidan 9-sonli “Gulobod qo‘rg‘oni - Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/069 ECA bo‘lgan avtobus haydovchisi bilan tegishli tartibda suhbat olib borildi.
Yuqoridagi kabi holatlar qayta takrorlanmasligi maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi “Azizavtoyo‘lovchitrans” MChJda haydovchilar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish davomida yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, muloqot jarayonida berilgan vakolatdan chiqmaslik qayta tushuntirildi.
O‘z navbatida yo‘lovchilardan avtobus salonida telefon yoki o‘zaro suhbatlarda imkon qadar past ovozda suhbatlashishni, gadjetlar orqali ko‘ngilochar dasturlarni quloqchin (naushnik) orqali tomosha qilishni tavsiya etamiz.