Jamoat transporti va uning bilan bog‘liq muammolarni o‘rganildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.07.2025 52 Yangiliklar

Jamoat transporti va uning bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R. Tojiyev hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

Undan ko‘zlangan maqsad jamoat transporti faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va tezkorlik bilan bartaraf etishdan iborat.

O‘rganishlar davomida:
- transport vositalarining holati va salonining tozaligi, zarur jihozlar va hujjatlarning mavjudligi;
- yo‘llar, to‘xtash punktlari va ma’lumot taxtalarining holati;
- yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e'tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni hamkor tashkilotlar bilan bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.