0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Jamoat transportida brutto-shartnomasi talablari bajarilishi nazorati tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
“Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan joylarda avtobuslar va haydovchilarni bevosita nazorat qilish brutto-shartnomasi talablari bajarilishi monitoring mexanizmlaridan biri.
Brutto-shartnomasi asosida ishlaydigan jamoat transporti tasdiqlangan jadvalga rioya qilinishi, salon va avtobusning tozaligi, haydovchining tashqi ko‘rinishi, mobil validatorning mavjudligi va undan foydalanishi, eng muhimi, yo‘lovchilar bilan xushmuomalalik bilan muloqot qilish masalalari asosiy eʼtiborda.
Brutto-shartnomasi bo'yicha ishlaydigan jamoat transportini nazorati - bu avtomatlashtirilgan monitoring, joylarda tekshirish va tashuvchilar bilan hisob-kitoblarga ta'sir qiluvchi aniq belgilangan moliyaviy va sifat mezonlarini birlashtirgan kompleks tizim.