Jamoat transportini (avtobuslarni) jismoniy imkoniyati cheklanganlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

Chop etish Sahifani ulashish
31.07.2025 43 Yangiliklar

Jamoat transportini (avtobuslarni) jismoniy imkoniyati cheklanganlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

Xabaringiz bor, jamoat transportini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tashuvchi korxonalarga yetkazish maqsadida viloyat Transport boshqarmasida sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, qarorga asosan avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish, ya’ni yig‘ma pandus, audio va vizual axborot beruvchi monitor, axborot beruvchi kolonka, ma’lumotlarni uzatuvchi mikrofon, aloqa tugmasi, bekatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi ma’lumotlar taxtasi bilan jihozlash xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, xarajatlar uchun ariza berish onlayn tarzda yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi lozimligi tushuntirildi.