Kibermadaniyat – xavfsiz hayot garovi!

Chop etish Sahifani ulashish
05.11.2025 5 Yangiliklar

Samarqand viloyati Transport boshqarmasida “Kiberxavfsizlik oyligi” doirasida xodimlar o‘rtasida kibermadaniyatni oshirishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida kiberjinoyatlarning oldini olish, internetda xavfsiz harakatlanish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar berildi.

 

Jumladan, noma’lum APK (virusli) fayllarni yuklab olmaslik, pul ko‘paytirish yoki tez boyish va’dalariga ishonmaslik — bu firibgarlik bo‘lishi mumkinligi, shubhali havolalar (linklar)ni ochmaslik va boshqalarga yubormaslik, shaxsiy ma’lumotlarni (karta raqami, pasport ma’lumotlari, PIN va kodlar) hech kimga bermaslik, SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini begona shaxslarga ma’lum qilmaslik orqali o‘z o‘zini himoyalash lozimligi tushuntirildi.

 

Tadbir yakunida kiberxavfsizlikning ahamiyati, shuningdek, internetda mas’uliyatli va ogoh bo‘lish zarurligi yuzasidan tayyorlangan flayerlar tarqatildi.