“Ko‘ktepa”da “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
30.07.2026 63 Yangiliklar

“Ko‘ktepa”da “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R. Tojiyev hamda boshqarma mas’ullari Ishtixon tumanida o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning taklif, tashabbus va murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud masalalarni hal etish hamda yoshlarning manfaatlarini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv doirasida boshqarmaga biriktirilgan yoshlarning ota-onalari bilan ham suhbat tashkil etildi. Unda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan fikr almashilib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, ularning turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hayotiy muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.