Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, adolat va ishonchni yemiradigan eng xavfli illatlardan biridir

Chop etish Sahifani ulashish
30.01.2026 20 Yangiliklar

Korrupsiyaning oldini olish har bir jamiyat a’zosi va davlat organlarining muhim vazifasidir. Korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash, uning oldini olish choralarini ko‘rish muhim hisoblanadi.

Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens xizmati xodimi S.Saliyev tomonidan “Samarqandyo‘lovchitrans” DMning rahbar va xodimlari uchun yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB TQX JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarashi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi va ularga imkon beruvchi omillar va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyaviy holatlar nafaqat pora berish yoki olish, balki vositachilik qilish oqibatida ham kelib chiqishi, davlat mulkini shaxsiy manfaatlar yo‘lida o‘zlashtirish ham jinoyat ekanligi misollar tariqasida tushuntirib berildi. Har qanday korrupsiyaviy holat bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi aytildi.

Har bir xodim o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilmasligi, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga aralashmasliklari yuzasidan ogohlantirildi.