0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Jamiyat taraqqiyotida eng katta to‘siqlardan biri bu korrupsiyadir. Sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, Qonun tomonidan taqiqlangan har qanday moddiy manfaatdorlikdan voz kechish, xizmat majburiyatini sidqidildan bajarish masalalari yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi muassisligidagi “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DKning barcha xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i R.Tojiyev qatnashib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi va ularga imkon beruvchi omillar va uning salbiy oqibatlari haqida to‘xtaldi.
Har bir xodim o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilmasligi, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga aralashmasliklari yuzasidan ogohlantirdi.