KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Chop etish Sahifani ulashish
25.08.2026 22 Yangiliklar

Samarqand viloyati transport boshqarmasida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

 Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorati tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlari, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda xodimlarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tushuntirish va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, bayram kunlarida jamoat transporti xizmatini uzliksiz ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

 Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, xodimlar o‘rtasida muntazam targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini tashkil etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.