Korrupsiyasiz jamiyat — barqaror va adolatli kelajak garovidir

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2026 27 Yangiliklar

Jamiyat taraqqiyotida eng katta to‘siqlardan biri bu korrupsiyadir. Sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, Qonun tomonidan taqiqlangan har qanday moddiy manfaatdorlikdan voz kechish, xizmat majburiyatini sidqidildan bajarishni tashkil etish maqsadida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens xizmati xodimi S.Saliyev tomonidan “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DMning rahbar va xodimlari uchun yig‘ilish tashkil etildi.

 

Yig‘ilishda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB TQX JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarashi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi va ularga imkon beruvchi omillar va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

 

Shuningdek yig‘ilish davomida korrupsiyaviy holatlar nafaqat pora berish yoki olish, balki vositachilik qilish oqibatida ham kelib chiqishi, davlat mulkini shaxsiy manfaatlar yo‘lida o‘zlashtirish ham jinoyat ekanligi misollar tariqasida tushuntirib berildi. Har qanday korrupsiyaviy holat bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi aytildi.

 

Har bir xodim o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilmasligi, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga aralashmasliklari yuzasidan ogohlantirildi.