Korrupsiyaviy holatlar yuzasidan xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
12.05.2026 9 Yangiliklar

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiladigan, adolat va ishonchni yemiradigan eng xavfli illatlardan biridir.

Sohada korrupsiyaviy holatlarga chek qoʻyish, shaffoflik va ochiqlikni kuchaytirish maqsadida xodimlar oʻrtasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda korrupsiyaning har qanday holatlari haqida xabar berganlik ragʻbatlantirilishi hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Korrupsiyaning oldini olish — har bir jamiyat aʼzosi va davlat organlarining muhim vazifasi, oqibat bilan kurashishdan koʻra, korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va uning oldini olish choralarini koʻrish muhim ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yigʻilishda korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Jumladan, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi va ularga imkon beruvchi omillar hamda uning salbiy oqibatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.