“Marokand trans 777” mas’uliyati cheklangan jamiyatida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud texnika va transport vositalarining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash hamda xavfsiz ish sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, texnika vositalarining sozligi, zarur ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi hamda sovuq ob-havo sharoitida uzluksiz faoliyat yuritish uchun ko‘rilayotgan choralar holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish, korxona faoliyatining uzluksizligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.